soffia.uz
Foydalanish shartlari (Ommaviy oferta)
Oxirgi yangilangan sana: 2026-yil 1-yanvar
Mazkur Foydalanish shartlari (keyingi o‘rinlarda — «Oferta» yoki «Shartnoma») Soffia AI platformasi (soffia.uz) va uning xizmatlaridan foydalanuvchi o‘rtasida tuziladi hamda platformadan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Platformadan foydalanishdan oldin ushbu hujjatni diqqat bilan o‘qib chiqing. Ro‘yxatdan o‘tish, platformaning istalgan funksiyasidan foydalanish yoki xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish — Oferta shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilishni anglatadi. Agar siz Ofertaning biror qoidasiga rozi bo‘lmasangiz, platformadan foydalanishdan voz kechishingiz mumkin.
1.Asosiy tushunchalar
Platforma — Soffia AI — soffia.uz veb-sayti, uning mobil versiyasi hamda rasmiy Telegram boti orqali taqdim etiladigan sun’iy intellekt asosidagi ta’limiy xizmatlar majmui.
Ijrochi (Xizmat ko‘rsatuvchi) — MCHJ «SOFF-STUDY» (STIR: 309460545) — platformaning huquqiy egasi va xizmatlarni taqdim etuvchi tomon.
Foydalanuvchi — platformada ro‘yxatdan o‘tgan yoki uning xizmatlaridan foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Shaxsiy kabinet — Foydalanuvchi uchun yaratiladigan, yaratilgan materiallar, obuna holati va to‘lovlar tarixini boshqarish imkonini beruvchi shaxsiy sahifa.
Xizmatlar — platforma orqali taqdim etiladigan sun’iy intellekt asosidagi vositalar, jumladan:
- taqdimotlar yaratish;
- referat, mustaqil ish va kurs ishlarini tayyorlash;
- diplom va bitiruv ishlari uchun materiallar tayyorlash;
- testlar, krossvordlar va ta’limiy o‘yinlar yaratish;
- dars ishlanmalari va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash;
- AI-tyutor, AI-chat va interaktiv o‘quv vositalari;
- boshqa raqamli ta’limiy xizmatlar.
Obuna (tarif reja) — belgilangan muddat va hajm doirasida xizmatlardan foydalanish huquqini beruvchi pullik paket.
AI kreditlar (limitlar) — tarif rejasi doirasida xizmatlardan foydalanish hajmini belgilaydigan ichki hisob birligi.
Balans — Foydalanuvchining platforma ichidagi shaxsiy hisobi (so‘mda). Balans to‘lov tizimlari orqali to‘ldiriladi hamda platforma xizmatlari va bozordagi xaridlar uchun sarflanadi.
Bozor (Marketplace) — platformaning «Materiallar → Bozor» bo‘limi bo‘lib, unda foydalanuvchilar o‘zlari yaratgan tayyor ishlarni sotuvga qo‘yishlari va boshqa foydalanuvchilarning ishlarini sotib olishlari mumkin.
Muallif (Sotuvchi) — o‘z ishini bozorga sotuvga qo‘ygan foydalanuvchi.
2.Shartnoma predmeti
2.1. Shartnoma predmeti — platformaga kirish va uning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish jarayonida Ijrochi va Foydalanuvchi o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir.
2.2. Platformadan foydalanish mazkur Oferta hamda uning ajralmas qismi hisoblanadigan Maxfiylik siyosati bilan tartibga solinadi.
2.3. Oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ommaviy oferta to‘g‘risidagi qoidalariga muvofiq tuzilgan bo‘lib, uni aksept qilish (qabul qilish) yozma shartnoma tuzishga tenglashtiriladi.
3.Ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy kabinet
3.1. Xizmatlardan to‘liq foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
3.2. Platformaga kirish quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
- rasmiy Telegram bot orqali — bot bergan bir martalik tasdiqlash kodi (OTP) yordamida;
- Google akkaunti orqali.
3.3. Platformada alohida parol yaratilmaydi — hisobga kirish xavfsizligi Foydalanuvchining Telegram yoki Google akkaunti himoyasiga bog‘liq. Foydalanuvchi ushbu akkauntlarning va tasdiqlash kodlarining maxfiyligini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladi.
3.4. Foydalanuvchi o‘z hisobi ostida amalga oshirilgan barcha harakatlar, jumladan to‘lovlar va bozordagi xaridlar uchun mas’ul hisoblanadi.
3.5. Hisobdan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlansa, Foydalanuvchi zudlik bilan support@soff.uz manziliga xabar berishi lozim.
3.6. Ro‘yxatdan o‘tishda Foydalanuvchi o‘z rolini (o‘quvchi/talaba yoki o‘qituvchi) tanlaydi — bu xizmatlar va tavsiyalarni moslashtirish uchun ishlatiladi.
3.7. Platformadan 18 yoshga to‘lmagan shaxslar ota-ona yoki qonuniy vakilning roziligi bilan foydalanishlari mumkin.
4.Xizmatlardan foydalanish
4.1. Platforma Foydalanuvchiga ta’limiy va akademik materiallarni yaratish, tahrirlash, saqlash va yuklab olish imkonini beradi.
4.2. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
- platformada erkin ro‘yxatdan o‘tish;
- tanlangan tarif doirasida xizmatlardan foydalanish;
- yaratilgan materiallarni yuklab olish va tahrirlash;
- o‘z ishlarini bozorga sotuvga qo‘yish va boshqa foydalanuvchilarning ishlarini sotib olish;
- taklif (referal) dasturida ishtirok etish;
- qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish;
- obunani istalgan vaqtda uzaytirish yoki uzaytirmaslik.
4.3. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarni oladi:
- ro‘yxatdan o‘tishda to‘g‘ri ma’lumotlar kiritish;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish;
- uchinchi shaxslarning huquqlarini, jumladan mualliflik huquqlarini buzmaslik;
- platformadan noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik;
- platformaga zarar yetkazuvchi avtomatlashtirilgan skript, bot yoki boshqa vositalardan foydalanmaslik;
- hisobni uchinchi shaxslarga sotmaslik yoki ijaraga bermaslik.
4.4. Platformada haqoratli, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, ekstremistik yoki qonunchilikka zid mazmundagi so‘rovlarni yuborish taqiqlanadi.
5.Platformaning huquq va majburiyatlari
5.1. Platforma quyidagi huquqlarga ega:
- Oferta shartlariga o‘zgartirishlar kiritish;
- tariflar tarkibi va narxlarini o‘zgartirish (allaqachon to‘langan obuna muddati oxirigacha shartlar saqlanadi);
- qoidalarni buzgan foydalanuvchilarga nisbatan cheklov qo‘llash;
- bozorga qo‘yilgan e’lonlarni moderatsiyadan o‘tkazish va qoidalarga zid e’lonlarni olib tashlash;
- xizmat sifatini oshirish maqsadida rejali texnik ishlarni olib borish.
5.2. Platforma quyidagi majburiyatlarni oladi:
- xizmatlarning uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlashga harakat qilish;
- foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini Maxfiylik siyosatiga muvofiq himoya qilish;
- texnik nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish;
- murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish.
6.Tariflar, to‘lov tartibi va obuna
6.1. Platformaning ayrim imkoniyatlari bepul, ayrimlari esa pullik tarif rejalari asosida taqdim etiladi. Amaldagi tariflar va ularning tarkibi platformaning Tariflar bo‘limida e’lon qilinadi.
6.2. Xizmat narxlari milliy valyuta — O‘zbekiston so‘mida ko‘rsatiladi va soliqlarni o‘z ichiga oladi.
6.3. To‘lovlar milliy to‘lov tizimlari (Uzcard, Humo) hamda xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, Mastercard) kartalari orqali, Payme va Click to‘lov provayderlari vositasida amalga oshiriladi.
6.4. To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng tanlangan tarifga muvofiq imkoniyatlar Foydalanuvchining shaxsiy kabinetida darhol faollashtiriladi.
6.5. Foydalanuvchi platforma ichidagi balansini to‘ldirishi mumkin. Balansdagi mablag‘lar platforma xizmatlari va bozordagi xaridlar uchun sarflanadi. Balans shaxsiy kabinetning «Balans» bo‘limida aks ettiriladi.
6.6. Foydalanuvchi keyingi to‘lovlarni soddalashtirish uchun bank kartasini hisobiga biriktirishi mumkin. Karta biriktirish bank tomonidan yuborilgan SMS-kod bilan tasdiqlanadi. Bunda kartaning to‘liq raqami va CVV/CVC kodi platformada saqlanmaydi — to‘lov provayderi bergan xavfsiz token, kartaning maskalangan raqami va amal qilish muddati saqlanadi. Foydalanuvchi biriktirilgan kartani istalgan vaqtda shaxsiy kabinet orqali o‘chirishi mumkin.
6.7. Taklif (referal) dasturi doirasida beriladigan bonuslar Foydalanuvchining platforma ichidagi balansiga qo‘shiladi. Bonuslarni suiiste’mol qilish — soxta hisoblar yaratish yoki dasturni aldash yo‘li bilan bonus olishga urinish — hisobni bloklash uchun asos bo‘ladi.
6.8. Avtomatik uzaytiriladigan (rekurrent) obuna taqdim etilgan hollarda, Foydalanuvchi uni shaxsiy kabinet orqali istalgan vaqtda bekor qilishi mumkin. Bekor qilish keyingi hisob-kitob davridan boshlab kuchga kiradi.
6.9. Obuna muddati tugagandan so‘ng xizmatlardan foydalanish imkoniyati tarif shartlariga muvofiq cheklanadi; shaxsiy kabinetdagi ilgari yaratilgan materiallar saqlanib qoladi.
6.10. To‘lovni tasdiqlovchi hujjat (chek) Foydalanuvchining elektron pochtasiga yoki to‘lov tizimi ilovasiga yuboriladi.
7.Bozor (Marketplace)
7.1. Platformaning bozor bo‘limi Foydalanuvchilarga o‘zlari yaratgan tayyor ishlarni sotuvga qo‘yish va boshqa Foydalanuvchilarning ishlarini sotib olish imkonini beradi.
7.2. Ishni sotuvga qo‘yishda narx platforma tomonidan avtomatik belgilanadi. Har bir sotuvdan tushgan mablag‘ning belgilangan ulushi Muallifning platforma ichidagi balansiga o‘tkaziladi; qolgan qismi platformaning xizmat haqi hisoblanadi. Amaldagi ulush miqdori sotuvga qo‘yish oynasida ko‘rsatiladi.
7.3. Ishni sotuvga qo‘yish orqali Muallif quyidagilarni kafolatlaydi:
- ish uning o‘zi tomonidan platformada yaratilgan;
- ish uchinchi shaxslarning mualliflik va boshqa huquqlarini buzmaydi;
- ishda shaxsiy, maxfiy yoki qonunchilikka zid ma’lumotlar mavjud emas.
7.4. Muallif o‘z ishini sotib ololmaydi. Platforma qoidalarga javob bermaydigan yoki shikoyat tushgan e’lonlarni sotuvdan olib tashlash huquqiga ega.
7.5. Sotib olingan ish to‘lov amalga oshirilgan zahoti Xaridorning shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va yuklab olish uchun ochiq bo‘ladi.
7.6. Platforma bozorga joylashtirilgan ishlarning ilmiy va uslubiy sifati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgar emas, biroq shikoyatlarni ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish huquqiga ega.
8.To‘lovlarni qaytarish siyosati
8.1. Umumiy qoidalar
Mazkur to‘lovlarni qaytarish siyosati platforma orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni qaytarish tartibini belgilaydi va barcha foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi. Platforma tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar raqamli xizmatlar hisoblanadi va to‘lov amalga oshirilgan zahoti yetkazib berilgan deb qaraladi.
8.2. To‘lovni qaytarish asoslari
Foydalanuvchi quyidagi hollarda to‘langan mablag‘ni qaytarishni so‘rash huquqiga ega:
- xizmat texnik nosozlik sababli taqdim etilmagan bo‘lsa;
- to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo‘lsa-yu, obuna yoki limitlar faollashtirilmagan bo‘lsa;
- bir xil xizmat uchun takroriy yoki xato to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa;
- balans to‘ldirilgan bo‘lsa-yu, mablag‘ hisobga tushmagan bo‘lsa;
- bozordan sotib olingan ishni ochish yoki yuklab olishda texnik muammo yuzaga kelgan va u bartaraf etilmagan bo‘lsa;
- obuna to‘lovi amalga oshirilgandan so‘ng xizmatlardan umuman foydalanilmagan va murojaat 24 soat ichida kelib tushgan bo‘lsa;
- amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
8.3. To‘lov qaytarilmaydigan holatlar
- xizmat to‘liq hajmda taqdim etilgan bo‘lsa;
- Foydalanuvchi tarif doirasidagi AI kreditlardan qisman yoki to‘liq foydalangan bo‘lsa;
- bozordan sotib olingan ish shaxsiy kabinetga joylashtirilgan va yuklab olingan bo‘lsa;
- balansdagi mablag‘ xizmatlar yoki xaridlar uchun sarflangan bo‘lsa;
- yaratilgan material mazmuni Foydalanuvchining subyektiv kutganiga mos kelmagan bo‘lsa;
- Foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar sababli muammo yuzaga kelgan bo‘lsa;
- Foydalanuvchi Oferta shartlarini buzgani uchun hisobi bloklangan bo‘lsa;
- amaldagi qonunchilik yoki mazkur siyosatda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
8.4. Murojaat qilish tartibi
To‘lovni qaytarish bo‘yicha murojaatlar support@soff.uz elektron pochta manzili yoki @soffia_ai Telegram manzili orqali qabul qilinadi. Murojaatda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
- Foydalanuvchining F.I.Sh.;
- bog‘lanish uchun telefon raqami yoki elektron pochta manzili;
- to‘lov sanasi va summasi;
- to‘lovni tasdiqlovchi ma’lumotlar (chek, tranzaksiya raqami);
- qaytarish sababi.
8.5. Ko‘rib chiqish va qaytarish muddati
Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va natijasi haqida Foydalanuvchiga xabar beriladi.
Qaytarish asosli deb topilgan taqdirda mablag‘ Foydalanuvchi to‘lovni amalga oshirgan bank kartasiga qaytariladi. Mablag‘lar bank va to‘lov tizimlarining ichki qoidalariga muvofiq odatda 5–15 ish kuni ichida hisobga tushadi. Aniq muddat Foydalanuvchining banki hamda to‘lov tizimlari qoidalariga bog‘liq.
Mablag‘ boshqa bank kartasi, elektron hamyon yoki uchinchi shaxs hisob raqamiga o‘tkazilmaydi.
9.Visa va Mastercard tizimlari orqali qaytarish
9.1. Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni qaytarish ushbu tizimlarning amaldagi qoidalari va standartlariga muvofiq bajariladi.
9.2. Qaytarish tasdiqlangan taqdirda mablag‘ faqat dastlabki to‘lov amalga oshirilgan Visa yoki Mastercard kartasiga qaytariladi.
9.3. Foydalanuvchi tomonidan chargeback (to‘lov yuzasidan nizo) jarayoni boshlangan taqdirda, Ijrochi tegishli banklar va xalqaro to‘lov tizimlariga zarur ma’lumot hamda hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega.
10.Intellektual mulk
10.1. Platformaning dizayni, logotipi, dasturiy ta’minoti, ma’lumotlar bazasi va boshqa elementlariga bo‘lgan huquqlar Ijrochiga tegishli.
10.2. Foydalanuvchi tomonidan platforma yordamida yaratilgan materiallardan shaxsiy, o‘quv va kasbiy maqsadlarda foydalanish huquqi Foydalanuvchida saqlanadi.
10.3. Platformaning dasturiy kodini nusxalash, dekompilyatsiya qilish yoki uning asosida raqobatdosh xizmat yaratish taqiqlanadi.
11.Sun’iy intellekt natijalari
11.1. Platforma sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanadi.
11.2. Yaratilgan materiallarning mazmuni avtomatik shakllantiriladi, shu sababli ulardagi ma’lumotlar aniqligini Foydalanuvchi tomonidan tekshirilishi tavsiya etiladi.
11.3. Platforma yaratilgan materiallardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan akademik yoki kasbiy oqibatlar uchun javobgar emas.
12.Javobgarlikni cheklash
12.1. Platforma quyidagi holatlar natijasida yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar emas:
- internet aloqasidagi uzilishlar;
- uchinchi tomon xizmatlari (to‘lov tizimlari, AI provayderlar, hosting) ishlamasligi;
- Foydalanuvchi qurilmasidagi texnik muammolar;
- fors-major holatlari;
- Foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri ma’lumot kiritilishi.
12.2. Ijrochining javobgarligi har qanday holatda ham nizo yuzaga kelgan davr uchun Foydalanuvchi to‘lagan summa doirasi bilan cheklanadi.
13.Shartlarni buzish va hisobni cheklash
13.1. Oferta shartlari buzilgan taqdirda Platforma quyidagi choralarni ko‘rish huquqiga ega:
- ogohlantirish berish;
- shaxsiy kabinetga kirishni vaqtincha cheklash;
- hisobni doimiy bloklash.
13.2. Bloklash sabablari:
- firibgarlik harakatlari va to‘lov tizimlarini suiiste’mol qilish;
- mualliflik huquqlarini buzish;
- boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini buzish;
- platforma qoidalarini takroriy buzish.
14.Nizolarni hal qilish
14.1. Foydalanuvchining murojaatlari quyidagi aloqa vositalari orqali qabul qilinadi:
- Elektron pochta: support@soff.uz
- Telegram: @soffia_ai
- Telefon: +998 91 008 67 89
14.2. Nizoli vaziyatlar dastlab muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi.
14.3. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal etiladi.
15.Yakuniy qoidalar
15.1. Ushbu Oferta O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
15.2. Platforma Oferta shartlarini istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Yangi tahrir platformada e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
15.3. Platformadan foydalanishni davom ettirish orqali Foydalanuvchi kiritilgan o‘zgartirishlarga roziligini tasdiqlaydi.
15.4. Ofertaning ayrim qoidalari haqiqiy emas deb topilsa, qolgan qoidalar o‘z kuchini saqlab qoladi.
Rekvizitlar va aloqa ma’lumotlari
- Tashkilot nomi:
- MCHJ «SOFF-STUDY»
- STIR (INN):
- 309460545
- Yuridik manzil:
- O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Novza mahallasi, E kvartali, 8/1-uy
- Faoliyat manzili:
- O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Novza mahallasi, E kvartali, 8/1-uy, 100115
- Davlat ro’yxatidan o’tgan sana:
- 2022-yil 12-aprel
- Faoliyat turi (OKED):
- 62090
- Elektron pochta:
- support@soff.uz
- Telefon:
- +998 91 008 67 89
- Telegram:
- @soffia_ai
- Veb-sayt:
- soffia.uz
MCHJ «SOFF-STUDY» — Soffia AI (soffia.uz) platformasining huquqiy egasi hamda mazkur hujjatda nazarda tutilgan xizmatlarni taqdim etuvchi tomon hisoblanadi. Foydalanuvchilar xizmatlar, to’lovlar, takliflar va murojaatlar yuzasidan yuqoridagi aloqa vositalari orqali bog’lanishlari mumkin.
Qabul qilinadigan to’lov tizimlari
To’lovlar milliy to’lov tizimlari (Uzcard, Humo) hamda xalqaro to’lov tizimlari (Visa, Mastercard) kartalari orqali, Payme va Click to’lov provayderlari vositasida qabul qilinadi. Barcha to’lovlar milliy valyutada — O’zbekiston so’mida amalga oshiriladi.
© 2026 Soffia AI · soffia.uz · MCHJ «SOFF-STUDY»

